Kompaniya haqida

ERIELL Well Solutions O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida geologik qidiruv, gidrogeologik va burg‘ulash-portlatish ishlari sohasida ximat ko’rsatadi.

Biz professionalligimiz, ekspertizadagi yuqori darajamiz va mijozlarimiz bilan mustahkam munosabatlarimiz bilan faxrlanamiz. Bizning saytimizda kompaniyaning xizmatlari, tajribasi va biz muvaffaqiyatli amalga oshirgan hamda ustida ishlashda davom etayotgan loyihalarimiz haqida batafsil ma'lumot topasiz.

Biz doimiy takomillashishga intilgan holda optimal natijalarga erishish uchun o'z faoliyatimizni jadal rivojlantirish, texnologiyalar va ish uslublarini yaxshilashda davom etmoqdamiz.

«Birgalikda biz bugungi kundan ilhomlanib, kelajakni yaratamiz. Bizning jamoamiz muvaffaqiyatimiz kalitidir va men ularni yangi marralar sari yetaklaganimdan faxrlanaman». 

 

Мурод Аслиддинович Казиев,

Bosh direktori ERIELL Well Solutions.

Bizning afzalliklarimiz

Innovatsion texnologiyalar va uskunalar

Biz innovatsiyalarga sarmoya kiritamiz, ilg‘or texnologiyalar va uskunalardan foydalanamiz, bu esa ish samaradorligini oshiradi va geologik tadqiqotlarning aniq natijalarini ta’minlaydi.

Mijozlarga yo'naltirilgan yondashuv


Mijozlarga ularning ehtiyojlari va konlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kompleks yechimlar taqdim etish.

Chuqur ekspertiza



Geologik tuzilmalarni o'rganish bo'yicha yuqori darajali ekspertiza yer osti suv resurslarining joylashuvini va quduqlarni burg'ulash uchun optimal nuqtalarni to’g’ri aniqlash imkonini beradi.

;

Burchimiz

Bizning burchimiz sizning geologik va geotexnik maqsadlaringizga erishish uchun innovatsion va samarali yechimlarni taqdim etishdir.

Biz doimo sanoat va ekologik xavfsizlik ustida ishlaymiz va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlaymiz

Bizning konsepsiyamiz:

doimiy rivojlanish;

ekologik xavfsizlik va barcha zarur normalarga rioya qilish;

mehnat uchun sanoat xavfsizligi;

xodimlarga g'amxo'rlik qilish;

hamkorlarning ishonchi;