Muhandislik seysmologiyasida BPI ning roli

Muhandislik seysmologiyasida BPI ning roli

Muhandislik seysmologik tadqiqotlari bino va inshoatlarning zilzilabardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Zilzilalarning muhandislik inshootlari va ularning asosidagi tuproqqa ta'sir qilish jarayonlarini o‘rganish maqsadida zamonaviy muhandislik seysmologiyasi jumladan, burg‘ulash-portlatish ishlari (BPI)dan foydalanadi. 

Muhandislik seysmologiyasi vazifalariga quyidagilar kiradi: 

• zilzilalarning intensivlik shkalasini aniqlash; 

• kuchli seysmik ta'sirlar parametrlari va tuproq xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni oldindan aytish usullarini belgilash; 

• inshootlar uchun seysmik tebranishlar ta'siri ostida tuproqlarda yuzaga keladigan xavfli jarayonlarni o‘rganish; 

• tuproq va inshootlarning seysmik chidamliligini oshirish usullarini ishlab chiqish; 

• seysmik mikrorayonlashtirish. 

Muhandislik seysmologiyasi tomonidan olib boriladigan tadqiqotlar qurilish maydonlarini maqbul tanlash, shuningdek, bino va inshootlarning zilzila bardoshligini oshirish hisobiga seysmik xavf-xatarni (zilzilalar paytida inson va moddiy yo‘qotishlarni kamaytirish) pasaytirishga imkon beradi.  

Sinovlar zarur sanoat xavfsizligi talablarini aniq belgilash, quvvatlarning maksimal darajada ruxsat etilgan og‘irligi va BPIning optimal parametrlari, xavfsiz masofalarini o‘rnatish maqsadida o‘tkaziladi. 

Muhandislik seysmologiya tadqiqotlari umumiy seysmologiya, seysmotektonika, muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya, qurilish mexanikasi va tuproqlar mexanikasinining yutuqlarini hisobga oladi.