Kompaniyaning zamonaviy uslublari

Kompaniyaning zamonaviy uslublari 

 

ERIELL Well Solutions faoliyatida yuqori samarali va zamonaviy ish uslublaridan foydalanadi. 

Geologik-qidiruv ishlarining uslublari 

 ✔️Geologik-qidiruv quduqlarini burg‘ulashda kompaniya ikki kolonkali va uch kolonkali to‘plamlarni qo‘llagan holda kernni yoppasiga va interval saralash texnologiyasidan foydalanadi. 

✔️Kompaniya shuningdek, burg‘ulash qoplama va burg‘ulash iskanasini qo‘llagan holda rotor uslubidan foydalanib burg‘ulash ishlarini olib boradi. 

Gidrogeologik burg‘ulash ishlari uslublari  

✔️Zarba-arqon burg‘ulash. U gruntning yanchilishiga asoslanadi, bunda jinsning yemirilgan zarralari kotlovandan chiqariladi va maxsus burg‘ulash Shits snaryadi bilan bajariladi. 

✔️ shlamni yuzaga chiqarish uchun burg‘ulash eritmasi vositasida doimiy yuvish bilan burg‘ulash kolonnasi oxiridan burg‘ulash quvuriga biriktirilgan iskana yordamida quduqni rotor burg‘ulash. 

Burg‘ulash portlatish ishlari uslublari

✔️Pnevmozarbli asbobni qo‘llagan holda chuqur bo‘lmagan quduqlarni burg‘ulash. Burg‘ulash texnologik tartibining asosiy parametrlari hisoblanadi: o‘q bo‘ylab yuklama, burg‘ulash snaryadi aylanish chastotasi, pnevmozarbli zarb chastotasi, quduqqa yetkazib beriladigan siqilgan havo bosimi va uning bir vaqtda sarflanishi aniqlaydigan funksiya sifatida belgilanadi. 

So‘ngra quduqlar bo‘ylab portlatish materiallarni yetkazib berish, ishchilarni tayyorlash va joylashtirish, quvvat oldirish, portlovchi tarmoqlarni montaj qilish, o‘rab olish postlarini ajratish, xavfli zonadan odamlar va texnikalarni olib chiqish, portlatish, portlatish joyini ko‘zdan kechirish ishlari olib boriladi.