«Tebinbuloq» konida suv quduqlarini burg‘ulash

 

«Tebinbuloq» konida suv quduqlarini burg‘ulash 

 

ERIELL Well Solutions tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Tebinbuloq» konida suv quduqlarini burg‘ulash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda kompaniya gidrogeologiya yo‘nalishida quyidagi ishlarni bajarmoqda.  

🔷 Kernni yoppasiga saralash bilan suv quduqlarini burg‘ulash. Umumiy burg‘ulash hajmi 5800 metr uzunlikni tashkil etadi. Burg‘ulash ishlari uch bosqichda amalga oshirilmoqda:

📌 burg‘ulashning birinchi bosqichi: kernni yoppasiga saralash bilan 1500 metr uzunlik, 500 metr chuqurlik hajmidagi qidiruv-razvedka quduqlari;

📌 burg‘ulashning ikkinchi bosqichi: kernni saralamasdan 2500 metr uzunlik, 500 metr chuqurlik hajmidagi razvedka-ekspluatasiya quduqlari;

📌 burg‘ulashning uchinchi bosqichi: kernni saralamasdan 1800 metr uzunlik, 450 metr chuqurlik hajmidagi kuzatish quduqlari.

🔹 Quduqlarning geofizik tadqiqotlarini o‘tkazish (QGT). Suvli gorizontlarni aniqlash uchun ochiq ustunda QGT usullaridan:PS, KS, GK va kavernometriyadan foydalaniladi. Ikki yoki undan ortiq gorizontlarda filtrini ishga tushirishda kolonnada suv oqimi profilini aniqlash uchun QGT usullari o‘tkaziladi.