“Tebinbuloq” konida titan-magnetit rudalarini qidirib topish

 

“Tebinbuloq” konida titan-magnetit rudalarini qidirib topish 

 

ERIELL Well Solutions kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumani hududida kompleks ishlarni amalga oshirmoqda. Ishning umumiy maydoni 8,6 km² tashkil etib, «Tebinbuloq» titan-magnetit rudalari koni chegarasida va tog‘ tarmog‘i konturida joylashgan. 

ERIELL Well Solutions kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan geologik-qidiruv ishlarining asosiy vazifasi- titan-magnetit rudalari zahiralarini qayta hisoblash va namunalardagi foydali komponentlarning tarkibini aniqlash maqsadida geologik namunalarni namunaga tayyorlash uchun ma'lumot olishdir. 

Bajariladigan ishlar kompleksi:

✔️ kernni uzluksiz saralash bilan burg‘ulash;

✔️ kernni zarur ma'umotlarni belgilash bilan kern qutilariga taxlash;

✔️ kernni arralash;

✔️ namunalarni quritish;

✔️ 2 mmgacha yonoq maydalagichda maydalash 

✔️ laboratoriya namunasini 0,074 mmgacha halqali tegirmonda yanchish.

Amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning ahamiyati hom-ashyoning kattaligi va genezisini bashorat qilish uchun ishonchli universal geologik asosni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. 

Olingan ma'lumotlarga asoslanib, baholangan resurslarlarga ega rudalar paydo bo‘lgan maydonlar va konlar baholanadi. Kelgusida ochiq konning asosiy parametrlari belgilab olinadi: 

✔️Tog‘ tarmoqlari chegaralaridagi tog‘ massasining hajmi;

✔️GAT (inklinometriya);

✔️foydali qazilmaning zahiralari;

✔️ ochilgandagi hajmi;

✔️ ochiq konning yakuniy chuqurligi;

✔️ ochiq kon maydonining kunlik yuzasi darajasi va osti bo‘yicha;

✔️ ochiq kon yon tomonlarining yakuniy chegaralaridagi qiyalik burchaklari.